Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasida bo`lib o`tgan yig`ilishda tergov boshqarmasi vaekspert-kriminalistika bo`limi xodimlari hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar, deb xabar berdi Jizzax viloyati IIB axborot multimedia guruhi.
Tadbir davomida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, ganeral-mayor G`ayrat Qodirov so`zga chiqib, joriy yilning 10 yanvarida respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida mamlakatimiz tinchligi va jamoat xavfsizligini ta`minlash, jinoyatchilikning oldini olish borasidagi kelgusi vazifalarga bag`ishlangan yig`ilishda ko`tarilgan masalalarga to`xtalib o`tdi.
Sohada kechayotgan islohotlar, xususan, jamoat xavfsizligi va barqarorligini ta`minlash borasida erishilayotgan natijalarga to`xtalib o`tdi. Shuningdek, tizimda uskuna va texnolgiyalarni qo`llash, soha vakillarining bilim va malakalarini oshirish, jangovar tayyorgarligini yuksalatirish yuzasidan fikr yuritildi.
Joriy yilda jinoyatlarning oldini olish, viloyat ichki ishlar boshqarmasi sektori bo`lgan hududlarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish borasidagi rejalar tilga olindi. 2019 yilda viloyat hududida 15 mingta kuzatuv kameralari o`rnatish ko`zda tutilayotgani bildirildi. Tadbir davomida soha ilg`orlariga respublika Ichki ishlar vazirligining “Benuqson xizmatlari uchun” ko`krak nishonlari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasining faxriy yorliqlari topshirildi.
Boshqa sohalardagi singari bu kabi rag`batlantirishlar xodimlarning o`z xizmat vazifasiga nisbatan mas`uliyatini oshirishga omil bo`lajagi shubhasiz. Natija esa tinchligi va osoyishtalikning barqarorligi orqali namoyon bo`ladi.






