AsosiyJamiyat

"O`zbekiston havo yo`llari" Moskvaga uchayotgan fuqarolarni ogohlantirdi

'"O`zbekiston havo yo`llari" Moskvaga uchayotgan fuqarolarni ogohlantirdi 'ning rasmi

Uzbekistan Airways Moskvaga yo`l olgan fuqarolarni noqulay ob-havo sharoitlari tufayli uchish reyslari kechiktirilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Aviakompaniya matbuot-xizmati Moskvaga yaqinlashib kelayotgan qor bo`roni va ob-havoning yomonlashayotgani tufayli fuqarolardan o`zlari uchishlari lozim bo`lgan reys jadvalini oldindan aniqlashtirib olishlari so`ramoqda. Uzbekistan Airways etkazilgan noqulayliklar uchun kechirim so`ragan.

Ilgariroq aviakompaniya o`zbekistonliklarni Rossiya Federasiyasining Veterinar va fitosanitar nazorati bo`yicha federal xizmati tomonidan O`zbekistondan kelayotgan yo`lovchilar bagaji va qo`l yukida o`simlik mahsulotlarini olib kelishga cheklov o`rnatilgani haqida ogohlantirgan edi.

Taqiqlangan mahsulotlar ro`yxatiga go`sht va sut mahsulotlari, kolbasa, sabzavot, meva, quritilgan mevalar, yong`oq va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari kiradi. To`liq ro`yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar