AsosiyDunyo

“Sezar”ga nomzodlar e`lon qilindi

'“Sezar”ga nomzodlar e`lon qilindi 'ning rasmi

Parijda “Sezar” fransuz kinomukofotiga nomzodlar e`lon qilindi, deya ma`lum qildi RIA Novosti nashri.

“Eng yaxshi film”ga Emmanuel Finkelning “Og`riq”, Jak Odiyarning “Aka-uka Sisterslar”, Jil Lellushning “Cho`kmaslar” kartinalari asosiy nomzod sifatida ko`rsatilgan.

Per Salvadorning “Ozodlikda”, Ksave Legranning “Otaliq”, Aleks Lutsning “Gi”, Janna Errining “Chaqaloq” filmlari esa ularga raqobatdosh bo`ladi.

“Eng yaxshi aktyor” nominasiyasida Romen Dyuris, Vensan Lakost, Deni Menoshe, Eduar Ber, Aleks Luts, Pio Marmay, Jil Lellush kuch sinashishsa, Virjini Efira, Melani Terri, Lea Dryuker, Elodi Bushe, Sandrin Kiberlen, Sesil de Frans va Adel Enel “Eng yaxshi aktrisa” nominasiyasi uchun kurashishadi.

“Sezar”ning 44-taqdirlash marosimi 22 fevral kuni Parijda bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar