AsosiyJamiyat

Jamshid Xo`jaev boshqa vazirlikka o`tkazildi

'Jamshid Xo`jaev boshqa vazirlikka o`tkazildi'ning rasmi

Tashqi savdo vaziri sifatida ishlab kelgan Jamshid Xo`jaev endi Qishloq xo`jaligi vaziri sifatida faoliyat olib boradi. Bu hada "Xalq so`zi" nashri xabar berdi.

Xo`jaev bu lavozimga avvalgi vazir Bahodir Yusupov o`rniga tayinlangan.

Oldinroq, xabar berganimizdek, Xo`jaevning o`rniga Tashqi savdo vaziri etib, "O`zcharmsanoat" uyushmasi raisi sifatida ishlab kelgan Sardor Umurzoqov tayinlangan.

Jamshid Abduhakimovich Xo`jaev 1979 yilda tavallud topgan. 2000 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. O`zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti tashabbusi bilan iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan "Umid" jamg`armasi stipendianti. 2003 yilda Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti xalqaro iqtisodiy aloqalar va davlat boshqaruvi yo`nalishi magistranti. O`z mehnat faoliyati davomida Markaziy bank, Milliy bank, Hisob palatasida ishlagan. 2017 yil oxirida tashqi savdo vaziri etib tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar