2019 yil 26 yanvar kuni Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumani Birlik mahallasida joylashgan "Qog`oz va elim idishlar qabul qilish" punkti qorovulxonasida elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab yong`in sodir bo`lgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, natijada shu erda bo`lgan ushbu punktning qorovuli A.Q. kuyish jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.