AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda yuz bergan YTH oqibatida haydovchi va yo`lovchi halok bo`ldi

'Qashqadaryoda yuz bergan YTH oqibatida haydovchi va yo`lovchi halok bo`ldi'ning rasmi

2019 yil 27 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida yashagan A.R. boshqaruvidagi «VAZ-2101» rusumli avtomashinasini «G`uzor-Buxoro-Nukus-Beynau» yo`lining 44-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo`lni ikkiga ajratib turuvchi beton to`siqqa urilgan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada haydovchi va uning yo`lovchisi Sh.R.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu erda vafot etganlar. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar