AsosiyJamiyat

Birinchi Prezident o`qigan maktabda xotira tadbiri o`tkazildi (foto)

'Birinchi Prezident o`qigan maktabda xotira tadbiri o`tkazildi (foto)'ning rasmi

Samarqand shahridagi 21-umumta`lim maktabida Birinchi Prezident tavalludining 81 yilligi munosabati bilan xotira tadbiri bo`lib o`tdi. Bu haqda "Zarnews" xabar bermoqda.

Unda Islom Karimov nomidagi respublika xayriya jamoatchilik fondi rahbari Tatyana Karimova, Birinchi prezidentning do`stlari, yaqinlari uning hayoti, faoliyati, amalga oshirgan islohotlari haqida o`quvchilarga so`zlab berdi. Maktab o`quvchilari tomonidan ko`rgazmali chiqishlar namoyish etildi, Islom Karimov xotirasiga bag`ishlangan she`rlar aytildi.

Tadbir yakunida tashkilotchilar va faol o`quvchilarga Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoatchilik fondi tomonidan esdalik sovg`alari topshirildi.

Mehmonlar Birinchi Prezident o`qigan maktab tarixi muzeyi bilan tanishdi.

    Boshqa yangiliklar