AsosiyDunyo

Italiyada samolyot va vertolyot to`qnashib ketdi

'Italiyada samolyot va vertolyot to`qnashib ketdi 'ning rasmi

Italiyaning Alp tog`larida samolyot va vertolyot o`rtasida to`qnashuv sodir bo`ldi, deya xabar qilmoqda TASS nashri.

Voqea Fransiya bilan chegaradosh Valle-d'Aosta hududida ro`y bergan. Havoda yuz bergan to`qnashuv oqibatida 7 kishi halok bo`lgan. Shuningdek, yana 2 kishi jarohat olib, kasalxonaga etkazilgan. Italiya matbuoti bergan xabarlarga ko`ra, vertolyot havoga ko`tarilishni amalga oshirayotgan vaqtda turistlar samolyoti, aksincha, qo`nayotgan edi. To`qnashuvdan keyin har ikkisi ham muz ustiga qulagan. Mazkur holat yuzasidan tergov ishlari boshlandi.

    Boshqa yangiliklar