AsosiyDunyo

“Sariq nimchalilar” Nantda ham kuzatilmoqda

'“Sariq nimchalilar” Nantda ham kuzatilmoqda 'ning rasmi

Endilikda “sariq nimchalilar” namoyishi Fransiyaning Nant shahrida ham kuzatilmoqda, deb xabar qilmoqda Korrespondent.ru nashri.

Mamlakat poytaxti Parijda deyarli 11 hafta davom etgan norozilik aksiyasi Fransiyaning boshqa shaharlarida ham avj olmoqda. Namoyishchilar shahar ko`chalarida tartibsizliklar keltirib chiqarishmoqda. Ular Adliya vazirligi binosi oldidagi metall to`siqlarni ag`darib, reklama bannerlarini sindirishgan. Polisiya esa vaziyatni bartaraf etishga urinmoqda. Bunga javoban sariq nimchalilar polisiyaga shisha idishlar uloqtirishdi. Huquq-tartibot organlari odamlarga qarshi ko`zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga majbur bo`lmoqda. Hozirgacha 3 nafar namoyishchi hibsga olingan.

    Boshqa yangiliklar