Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantini davlat inspeksiyasi hamda “O`zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to`g`risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo`lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro`yxatiga kiritildi.
Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.
Eslatib o`tamiz, ro`yxatda shu paytgacha 75 ta tashkilot mavjud edi.






