AsosiyJamiyat

Buxoroda favvoralar xiyoboni ochildi

Buxoro shahrida joriy yilning boshida qurilishi boshlangan favvoralar xiyobonining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.

Umumiy maydoni 6 gektarlik hududda Buxoro viloyati tarixidagi ilk musiqiy favvoralar qurildi. 30 metr diametrga ega inshoot suvni 15-20 metrgacha balandlikka otadi hamda yoqimli musiqa va ranglar hamrohligida jilolanadi. Avval xabar berilganidek, maydonda «quruq favvoralar» ham ochildi.

Foto: anhor.uz

Foto: anhor.uz

Foto: anhor.uz

Xiyobon hududida 1000 ga yaqin noyob daraxtlar o`tkazilgan, bejirim chiroqlar, milliy bezaklarga ega shiyponlar va do`konlar o`rnatilgan. Barcha qurilish ishlari Buxoro sharidagi «20-trest» tomonidan bajarilgan. Ochilish marosimi Buxorodagi Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy va ma`naviy merosiga bag`ishlangan xalqaro konferensiya bilan bir vaqtga to`g`ri keldi.

    Boshqa yangiliklar