AsosiyJamiyat

Toshkentda ona bedarak yo`qolgan 26 yoshli o`g`lini qidirmoqda

'Toshkentda ona bedarak yo`qolgan 26 yoshli o`g`lini qidirmoqda'ning rasmi

2019 yil 28 yanvar kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi O.Tillaboeva IIBga murojaat qilgan.

Unda shu yil 15 yanvar kuni soat 12.30 larda birga yashovchi 26 yoshli o`g`li Davronbek Sherboev boshqaruvidagi davlat raqami 40 U 041 KA bo`lgan “Nexia” avtomashinasida uyidan noma`lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo`qolganligini ma`lum qilgan.D.Sherboevni qidirib topish choralari ko`rilgan.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Hurmatli fuqarolar, agar orangizda kimda-kim ushbu shaxs va avtomashina haqida biron-bir ma`lumotga ega bo`lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo`linmalariga borib yoki “102” telefon raqamiga qo`ng`iroq qilib, xabar berishingizni so`raymiz", - deyilgan IIV xabarida.

    Boshqa yangiliklar