O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «O`zbekiston temir yo`llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasining 20 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to`g`risidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi.
Farmonga binoan, kompaniyaning bir guruh xodimlari «O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan transport xodimi», «O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sanoat xodimi» faxriy unvonlari, «Fidokorona xizmatlari uchun», «Mehnat shuhrati», «Do`stlik» ordenlari, «Sodiq xizmatlari uchun», «Shuhrat» medallari bilan mukofotlanadi.
2014 yil 5 noyabr kuni e`lon qilingan farmon matni bilan O`zbekiston Milliy axborot agentligi saytida tanishish mumkin.





