AsosiyJamiyat

Toshkent ko`chalarida rejali qazish va ta`mirlash ishlari olib borilayotgani ma`lum qilindi

Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, 2014 yilning 15 noyabriga qadar Toshkent shahrining bir nechta ko`chalarida rejali qazish va ta`mirlash ishlari olib borilishi mo`ljallanmoqda, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati.

Qazish va ta`mirlash ishlari quyidagi hududlarda olib borilmoqda:

1. Mirzo Ulug`bek tumani, Ziyolilar ko`chasida «Toshissiqquvvati» IChBga tegishli issiq suv tarmoqlarini qayta yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati 2014 yil 6 oktyabrdan 4 noyabrgacha.

2. Uchtepa tumani, M.Shayxzoda ko`chasida «Toshissiqquvvati» IChBga tegishli issiq suv tarmoqlarini qayta yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati 2014 yil 4 sentyabrdan 7 noyabrgacha.

3. Chilonzor tumani, Zargarlik ko`chasida «Toshissiqquvvati» IChBga tegishli issiq suv tarmoqlarini qayta yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati 2014 yil 10 sentyabrdan 8 noyabrgacha.

4. Mirobod tumani, Yangi Ko`yliq ko`chasida «Toshissiqquvvati» IChBga tegishli issiq suv tarmoqlarini qayta yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati 2014 yil 24 sentyabrdan 10 noyabrgacha.

5. Uchtepa tumani, Zarafshon va Navo ko`chasi bo`ylab, O`rikzor va Ko`ksaroy mahallasiga «Toshkenshahargaz» filiali tashkilotiga tegishli (pog`onama-pog`ona) katta bosimli gaz tarmog`ini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati 2014 yil 25 sentyabrdan 8 noyabrgacha.

6. Mirzo Ulug`bek tumani, Yuzrabot ko`chasida (yo`lning qatnov qismi ochiq usulda) «ODS Minzdrav RUz» tashkiloti tomonidan katta kuchlanishli kabel tarmog`ini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati 2014 yil 25 sentyabrdan 5 noyabrgacha.

Toshkent shahri ko`chalari chorrahalariga tashqi kuzatuv kameralari o`rnatish maqsadida olib borilayotgan, shuningdek turli sabablar tufayli avariya sodir bo`lganda amalga oshiriladigan tezkor sozlash, qazish va ta`mirlash ishlari bundan mustasnoligi aytilgan.

Toshkent shahar hokimligi harakatlanish vaqtidagi noqulayliklar uchun oldindan uzr so`ragan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar