AsosiyJamiyat

"O`zbekiston havo yo`llari" uchta yangi yo`nalishga parvozlar yo`lga qo`yadi

'"O`zbekiston havo yo`llari" uchta yangi yo`nalishga parvozlar yo`lga qo`yadi 'ning rasmi

“O`zbekiston havo yo`llari” 2019 yilda Tbilisi, Myunxen va Karachi yo`nalishlariga parvozlarni yo`lga qo`yadi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Eslatib o`tamiz, o`tgan uch oyi ichida Milliy aviakompaniya Mumbay, Vladivostok va Jiddaga parvozlarni yo`lga qo`ygan edi.

Undan tashqari Moskva yo`nalishida parvozlar soni haftasiga 27ga etkazildi va Samarqand, Buxoro, Urgench, Termez, Namangan va Farg`ona shaharlarini Moskva bilan bog`lab turgan parvozlar umumiy soni 49taga etdi.

Shuningdek, Seul, Dushanbe, Bishkek, Minsk, Rostov-na-Donu, Astana va Novosibirsk shaharlariga ham parvozlar soni oshirildi. Stambulga parvozlar soni Toshkentdan 10taga Samarqanddan 2taga etkazildi.

Undan tashqari o`tgan yil davomida O`zbekiston havo yo`llari 21 mingta parvozlar amalga oshirib, 3 million yo`lovchilarga xizmat ko`rsatdi.

    Boshqa yangiliklar