Tojikistonning O`zbekiston bilan chegaradosh tumanlarida ikkita yangi radiostansiya o`z faoliyatini boshlamoqda, deya xabar bermoqda anhor.uz.
Dushanbedan 60 km g`arbda O`zbekiston chegarasi yaqinidagi Tursunzoda shahrida joylashgan «Sadoi Osiyo» («Osiyo ovozi» radiostansiyasi o`z eshittirishlarini test rejimida boshlab yubordi.
«Mamlakatning chegaraga yaqin tumanlarida mahalliy OAV rivojlanayotgani va aholi o`z shahri, hududi va mamlakatida yuz berayotgan voqealar haqida muqobil yangiliklardan xabardor bo`lishi quvonarli hol. «Regar» teleradiokompaniyasi muassisligida tashkil etilgan yangi radio 106.8 FM diapazonida tojik va rus tillarida tunu-kun faoliyat ko`rsatadi», - deya qayd etadi “Xoma” jamoat birlashmasining vakillari.
Radio kontenti mahalliy va respublika yangiliklaridan, iqtisodiy va madaniy voqealarni yoritishdan hamda to`g`ridan-to`g`ri efirlar, radio-shou, viktorinalar va tanlovlardan iborat bo`ladi.
Tojikiston shimolida O`zbekiston bilan chegaradosh So`g`d viloyatining Istarafshon shahrida ham yangi «Dunyo FM» radiostansiyasi ochilmoqda.
Adabiy-madaniy mavzularda tunu-kun faoliyat ko`rsatuvchi ushbu radio «Dunyo-plyus» studiyasi tomonidan ta`sis etilgan. Bu Istarafshon shahridagi ikkinchi mustaqil radiostansiya hisoblanadi. 2009 yildan buyon bu erda «Avis-plyus» radiostansiyasi faoliyat ko`rsatmoqda.
Ayni paytda Tojikison hududlarida 33 ta mustaqil teleradiostansiya faoliyat ko`rsatib kelyapti, deya xabar beradi “Onair.ru” sayti.
Bu borada O`zbekiston rasmiy organlarining izohi hozircha yo`q.
Qayd etib o`tamiz, O`zbekistonning “Vodiy sadosi” radiostansiyasi dasturlarini Qog`oziston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston va hatto Afg`onistonning chegaradosh tumanlarida ham tinglash mumkin.
06.11.2014 12:53





