Shveysariyaning Shato d'E kurort shahrida havo sharlari xalqaro festivali bo`lib o`tmoqda, deya xabar bermoqda Tvzvezda.ru nashri.
Qirq birinchi marotaba tashkil etilgan mazkur tadbirda dunyoning 15 mamlakatidan kelgan 70 dan ortiq ishtirokchi yig`ilgan. Festival doirasida turli musoboqalar ham o`tkaziladi. Mazkur tadbir hafta so`ngiga qadar davom etadi. O`tgan yili havo sharlari festivaliga 20 mingdan ortiq odamlar kelgan bo`lsa, bu yil esa tomoshabinlar soni 40 ming nafarga etishi kutilmoqda.






