O`zbekistonda o`tgan hafta davomida 247ta yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda 9 nafar fuqaro tan jarohati olgan, 5 nafar fuqaro halok bo`lgan.
Ushbu yong`inlarda 1,204 milliard so`m miqdorida qurilish materiallari va 932,181 million so`m miqdorida moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan.





