1

Moskvaga "sayohat"ga borgan ayol odam savdosi qurboni bo`ldi

Jamiyat 06.11.2014, 13:40
Teglar: fohisha
Moskvaga "sayohat"ga borgan ayol odam savdosi qurboni bo`ldi

Toshkentga biror-bir ish topish umidida kelgan Hamida Shoimova (ism-familiyalar o`zgartirilgan) eski tanishi Sobirning tuzog`iga ilinib, Moskvada fohishalik qilishga majbur bo`ldi.

Hodisaga ko`ra, Hamida poytaxtga ish izlab kelgan kunlarning birida boradigan joyi bo`lmaganligi uchun eski tanishi Sobirga qo`ng`iroq qilib, tunab qolishda yordam berishini iltimos qildi. Sobir o`zi o`qiydigan institutning talabalar yotoqxonasiga taklif etdi. Xonadoshlari qiz bolani bu erga olib kirib bo`lmasligi, agar birov bilib qolsa, yotoqxona tugul o`qishdan ham haydab yuborishlari mumkinligini aytishdi. Aksiga olib, qizlar yotoqxonasidan ham bo`sh joy topishning imkoni bo`lmadi. Shu tariqa Hamida tunni o`g`il bolalar xonasida o`tkazishga majbur bo`ldi. Ertalab o`qishga otlangan yigitlar unga hech qaerga chiqmaslikni tayinlab, ustidan qulflab ketishdi.

Shundan buyon Hamida eski tanishi Sobirning talaba do`stlari bilan juda yaxshi chiqishib qoldi. Bu orada ish izlab yurganini aytib, ulardan yordam so`radi. Bu gapni eshitgan Sobirning do`sti Ilhom uni Moskvaga sayohatga taklif qildi. “Sayohat”, bilet, yo`lkira tekinligini eshitgan Hamida rozilik bildiradi.

Moskvada Hamidani Ilhomning “akasi” va “kelinoyisi” kutib oldi. Uning poezddan tushishi bilan "sayohatning boshlanishi chakki emas", degan gapiga javoban "kelinoyi"ning "Qanaqa sayohat, bu erga ishlagani, odamlarning ko`nglini olgani kelding", degan gapi barcha narsaga oydinlik kiritib qo`ydi. Shu tariqa Hamidani fohishalik bilan shug`ullanishga majbur qilishdi.

2012 yilning dekabr oyi oxirlarida qulay paytdan foydalangan Hamida u erdan qochishga muvaffaq bo`ldi va bo`lib o`tgan holat haqida Moskva huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berdi.

Toshkentga qaytib kelganidan keyin esa huquqni muhofaza qilish organlariga ariza bilan murojaat qildi.

Sud to`rtovlonning qilmishini atroflicha o`rganib, Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi "g" bandini qo`llab, ularga turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Huquq” nashri xabar qiladi.

Sharhlar

​Yunusobod tumanida fohishaxona saqlash aniqlandi

10.07.2017, 09:45

2017 yilning 6 iyul kuni taxminan soat 13:30larda, o`tkazilgan “Kompleks” tezkor tadbiri davomida, Suxix Denis Borisovich, Yunusobod tumani, 4-mavze, 55-uy, 30-xonadonda fohishaxona saqlab, 30.000 so`m...
​Yakkasaroyda yana bir fohishaxona fosh etildi

29.06.2017, 15:17

2017 yilning 23 iyun kuni taxminan soat 20:10larda, o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Raxmanberdieva Maftuna Atamuradovna, Yakkasaroy tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 250.000 so`m pul...
​Toshkentda 24 ming so`m evaziga fohishaxona yaratib bergan fuqaroga jinoyat ishi qo`zg`atildi

28.06.2017, 16:30

2017 yilning 24 iyun kuni taxminan soat 20:00 larda o`tkazilgan “Oriyat” tadbiri davomida, Vasyakin Ravil Djamilevich, Mirzo Ulug`bek tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 24.000...
​Ichki ishlar xodimlari navbatdagi fohishaxona faoliyatiga chek qo`yishdi

20.06.2017, 12:01

2017 yilning 17 iyun kuni taxminan soat 17:30larda, o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Ivanova Nadejda Mirzo Ulug`bek tumani hududida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlab, 70.000 so`m pul...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1