Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 28 yanvar kuni 21 yoshli O.N o`z uyi molxonasida osilgan holda topildi, deb xabar berdi «Zarnews.uz» nashri.
Paxtachi tumanining Istiqbol mahallasida fermerlik bilan shug`ullanib kelgan yigitning nega o`z joniga qasd qilgani ma`lum emas.
Yaqin qo`shnilaridan birining aytishicha, voqea 28 yanvar kuni kechki payt sodir bo`lib, yigitning onasi mollarga suv bergani molxonaga kirganida, o`g`lini qo`y bog`laydigan arqon bilan yog`och to`singa osilgan holda ko`rgan.
Sud-tibbiy ekspertizasi natijalariga ko`ra, O.N. nafas yo`llarining berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya natijasida vafot etganligi aniqlangan.
O`lim sabablari haqida aniq ma`lumot yo`q. Ammo marhumning yaqin qarindoshi oilada beshta jon, boshqalar qatori zo`rg`a kunini ko`rib yashashini, yigitning ruhiy muammosi yo`qligini, bu holatdan barcha birdek hayronligini aytdi.
O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotiga ko`ra, har yili mamlakatda 100 ming kishidan 6 nafari o`z joniga qasd qiladi.






