Zarafshon daryosi yaqinidan g`isht pishirishga mo`ljallangan bir nechta qadimiy xumdon topildi.
O`zFA Arxeologiya instituti tadqiqotchisi Komil Rahimovning aytishicha, Cho`ponota tepaligidan topilgan mazkur xumdonlar ikki qavatli bo`lib, o`t yoqish va g`ishtni pishirish qismidan iborat. Uning umumiy balandligi qariyb to`rt metrni tashkil etadi. — Ilgari XI asrga oid shunday qurilmalardan biri Samarqandning Afrosiyob hududida aniqlangan edi, — deydi tadqiqotchi.
Dastlabki taxminlarga qaraganda, bu xumdonlarda nafaqat to`rt burchak ko`rinishidagi, balki qoplamalar uchun olti va sakkizburchakli g`ishtlar ham tayyorlangan, deb yozadi “Xalq so`zi” gazetasi.





