Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan o`rganishda Sayxunobod tumanidagi fermer xo`jaligi rahbari T.O. byudjet mablag`larini talon-taroj qilganligi aniqlandi.
Aniqlanishicha, fermer xo`jalik rahbari bank tomonidan chorva mollari sotib olish uchun ajratilgan kredit mablag`ini shartnomada ko`rsatilgan maqsadga yo`naltirmasdan, 230 million so`mni naqdlashtirib, boshqa ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan fuqaro T.O.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






