AsosiyJamiyat

Toshkentda aroqxo`r erkak do`pposlab o`ldirgan xotinining jasadini axlatxonaga tashladi

Toshkent shahrida yashovchi Vladimir Ivanov bir necha bor sudlanganiga qaramay, mudhish jinoyatga qo`l urdi.

Odatdagi kunlarning birida u mast holatda uyiga kelib, o`zi bilan nikohsiz yashayotgan Natali Sergeevna bilan puli yo`qolib qolganini sabab qilib janjallashdi. "Yaxshigina" mast holatda bo`lgan V.Ivanov Natalini vahshiylarcha do`pposlashga tushdi. Polda qonga belanib yotgan xotinining tomog`idan bo`g`ib, anchagacha qo`yib yubormadi. Biroz vaqt o`tgach esa, hech narsa bo`lmagandek, Natalining yonida uxlab qoldi.

Tong otgach, bir amallab ko`zini ochgan Vladimir odatdagidek baklajka va makulatura yig`ish uchun ko`chaga chiqib ketdi. Kechqurun uyiga kelganida esa jonsiz yotgan Nataliga ko`zi tushib, janjalni esladi va darhol Natalining jasadini qopga solib, axlatxonaga tashlab keldi...

Ko`p o`tmay Vladimir Ivanovning sodir etgan jinoyati fosh etildi. Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudining hukmiga ko`ra Vladimir Ivanov 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Manba: “Huquq” gazetasi

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar