Bugun, 30 yanvar kuni mamlakat OAV va ijtimoiy tarmoqlarda shu yilning 21 yanvar kuni soat 22:30 larda Farg`ona viloyatining O`zbekiston tumani «Tagob» mahalla fuqarolar yig`ini hududidagi yo`l bo`yidan oq rangli Lacetti avtomashinasi salonida yongan holatdagi shaxsi noma`lum murda qotillik alomatlari bilan topilgani haqida xabar tarqaldi.
Xabarda marhum, 1983 yilda tug`ilgan fuqaro M.N. Farg`ona viloyatining O`zbekiston tumani mudofaa ishlari bo`limida harbiy stol noziri vazifasida ishlagani aytilgan.
Mudofaa vazirligi ushbu xabarga oydinlik kiritib, marhumning ishlash joyini ko`rsatishda xatolikka yo`l qo`yilgani va marhum Farg`ona viloyatining O`zbekiston tumani «Kichik-tagob» mahalla fuqarolar yig`ini shtatida harbiy hisob stoli boshlig`i lavozimida ishlaganini ma`lum qiladi. Marhum M.N. ushbu lavozimga «Kichik-tagob» mahalla fuqarolar yig`ini kengashi qarori bilan2018 yil 1 dekabr kuni tasdiqlangan edi.
Ma`lumot uchun, mahalla fuqarolar yig`ini harbiy hisob stoli boshlig`i tuman mudofaa ishlari bo`limi bilan mahalladagi harbiy hisob ishlarini yuritishda hamda mahalladagi hisobda turgan fuqarolarga chaqiruv qog`ozlarini etkazishda yaqindan ko`maklashadi.






