AsosiyJamiyat

15 kg simobni 100 ming dollarga sotmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi

'15 kg simobni 100 ming dollarga sotmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari Bektemir tumanida ikki nafar fuqaroni 15 kg. simobni sotayotgan vaqtida qo`lga oldi

Simob nihoyatda zaharli moddalar qatoriga kiradi. Ayniqsa, uning ochiq holda bug`lanib havoda tarqalishi inson sog`lig`iga jiddiy zarar etkazishi mumkin.

Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmatining xabariga ko`ra, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan Bektemir tumanida fuqarolar D.A. va Z.A. “shartli xaridor”ga 15 kilogramm simobni 100 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo`lga olindi.

Hozirda mazkur holat bo`yicha tegishli prosessual hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar