AsosiyJamiyat

"Qamchiq" dovonida qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rilmoqda

“Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining “Qamchiq” dovoni qismida 2014-2015 yillar qish mavsumiga qizg`in tayyorgarlik ko`rilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Hukumatining topshirig`iga asosan, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar vazirliklari, “O`zavtoyo`l” kompaniyasi va Respublika yo`l jamg`armasi bilan birgalikda bu yilgi qishki mavsumida A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining “Qamchiq” dovonini barqaror faoliyat ko`rsatishini, dovon orqali avtotransport vositalari va yo`lovchilarning xavfsiz hamda uzluksiz harakatlarini ta`minlash maqsadida, bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

alt

Rejada belgilangan avtoyo`l yoqasidagi avtomobillar to`xtab turishiga mo`ljallangan 13 ta falokatli holatlarda chiqish yo`llari va 7 ta vaqtincha to`xtash maydonchalari tozalanib, ularning holati doimiy nazoratga olingan.

Shuningdek, “Qamchiqavtoyo`l” IYFKning bergan ma`lumotiga ko`ra, avtomobil yo`lida kechayu-kunduz xizmat qilayotgan ishchilar uchun 200 komplekt issiq kiyim, 400 juft oyoq kiyim va 450 juft qo`lqop zaxirasi yaratilgan.

Shu bilan bir qatorda, “VISATA GROUP” MChJ tomonidan qor uyumlari to`planadigan joylarda o`rnatilishi rejalashtirilgan 1 ming 710 ta qor ko`chkisidan ximoya qilish to`siqlaridan mingdan ortig`i o`rnatildi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar beradi.

    Boshqa yangiliklar