AsosiyJamiyat

Toshkentda ilk yopiq tog`-chang`i majmuasi ochiladi (foto)

'Toshkentda ilk yopiq tog`-chang`i majmuasi ochiladi (foto)'ning rasmi

1 fevral, juma kuni Toshkentda O`zbekistondagi ilk yopiq ko`ngilochar tog`-chang`i kompleksi — Ice City ochiladi.

Ice City — bir yil ichida qurib bitkazilgan o`ziga xos park. Majmua o`zining turli xil attraksionlari va eng asosiysi tabiiy qori bilan ham juda noyob hisoblanadi. Bu erda qish taftini hattoki yoz faslida ham his etish mumkin. Eng ajablanarlisi, majmuada havo harorati +18 darajani tashkil etadi.

Ice City’ning maydonida 16. 000 kv.mni tashkil etadi. Hududdagi ko`ngilochar attraksionlar, kishiga shimol xalqlari qahramonlari hayotini his etishga yordam beradi. Kompleksning sig`imi esa personallar bilan hisoblaganda 3000 kishiga mo`ljallangan.

Ice City’da chang`i va snoubord uchish uchun O`zbekistondagi ilk yopiq trassa ham o`rin olgan. Unda do`stona turnirlardan tortib, xokkey va figurali uchish bo`yicha xalqaro musobaqalarni ham bemalol o`tkazsa bo`ladi.

Bundan tashqari parkda kattalar va kichkintoy bolalar ham bemalol hordiq chiqarishi mumkin. Jumladan, qorbo`ron o`ynash uchun maxsus hudud ham bolalar uchun tayyor holga keltirilgan.

Majmuada virtual reallik ishqibozlari uchun maxsus Vertigo VR o`yin xonalarini tashkil qilgan. U erda turli xil o`yin konsollari bilan bir qatorda 5D kinoteatr ham o`rin olgan. Ular orqali bemalol virtual reallikni his etib ko`rish mumkin.
















"Darakchi plyus" tahririyati tomonidan olingan suratlar

Boshqa yangiliklar