AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyev: Davlat xizmatlari orqali fuqarolarning vaqti va mablag`i tejaladi

'Shavkat Mirziyoyev: Davlat xizmatlari orqali fuqarolarning vaqti va mablag`i tejaladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirzacho`l tumanidagi Davlat xizmatlari markazida bo`ldi.

Bundan to`qqiz oy oldin mazkur markaz o`rni tashlandiq joy bo`lgan, o`tgan qisqa vaqt mobaynida zamonaviy markaz binosi qad rostladi, qurilish va bunyodkorlik ishlariga 5 milliard 740 million so`m mablag` sarflandi.

Markaz bir kunda 200-250 mijozga xizmat ko`rsatish imkoniyatiga ega. Endilikda bu erda tadbirkorlarni ro`yxatdan o`tkazish, notarius, FHDYo bo`limi, pasport berish va almashtirish kabi 103 xizmat turi ko`rsatiladi. Shuningdek markazda kutubxona, nikohdan o`tuvchilar uchun tantanalar zali, investorlar xonasi tashkil qilingan, bundan tashqari haydovchilik guvohnomasi berish uchun eng so`nggi uskunlar bilan jixozlangan.

"Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi" tamoyiliga muvofiq, yangi tizim Prezidentimizning "Xalq davlat idoralariga emas – davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak", degan ezgu g`oyasini so`zsiz amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

— Davlat xizmatlari faoliyatining yo`lga qo`yilishi fuqarolarning ham vaqti, ham mablag`ini tejashga xizmat qiladi. Aholi tomonidan qilinayotgan har bir murojaat e`tiborda bo`ladi, – dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar