AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura: oliy ta`lim muassasasida talon-torojlik aniqlandi

'Bosh prokuratura: oliy ta`lim muassasasida talon-torojlik aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahri Mirobod tuman prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Uning davomida Toshkent avtomobil yo`llarini loyihalash, qurish va ekspluatasiyasi institutining doimiy tanlov komissiyasi raisi T.Sh. institut yotoqxonalari uchun mebel jihozlarini sotib olish yuzasidan o`tkazilgan tender tanlovida bir dona karavot uchun 915 000 so`mdan etkazib berish taklifi mavjud bo`lsa-da, muqobil qimmatroq variantni ko`rsatgan tadbirkorlik sub`ektini asossiz ravishda tanlovda g`olib sifatida ko`rsatganligi natijasida 360 dona karavotlar haqiqiy bozor bahosidan 18 000 000 so`mga qimmat narxda sotib olinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan T.Sh.ga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan ayb e`lon qilindi, tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar