AsosiyDunyo

Poroshenko prezident saylovlarida ishtirok etishini e`lon qildi

'Poroshenko prezident saylovlarida ishtirok etishini e`lon qildi 'ning rasmi

Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko navbatdagi prezident saylovlarida ishtirok etishini e`lon qildi, deya xabar bermoqda Vesti nashri.

Poroshenkoning galdagi saylovlarda ishtirok etishi yoki yo`qligi haqidagi savollar ochiq qolayotgan edi. Amaldagi prezident ikkinchi muddatga nomzodini ilgari surishi to`g`risidagi qarorini “mamlakat, zamondoshlar, ajdodlar va avlodlar oldidagi javobgarlik hissi” bilan ifodaladi. U agar qayta saylansa, mamlakat yaxlitligini ta`minlash, Rossiya bilan tinchlikka erishish hamda Evropa Ittifoqiga va NATOga qo`shilish jarayonini amalga oshirish niyati borligi bildirgan.

    Boshqa yangiliklar