Daniya Germaniya bilan chegarada 70 kilometr uzunlikdagi devor qurishni boshladi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Germaniyadan Daniyadagi fermalarga Afrika cho`chqa grippi virusi o`tishining oldini olish devor ko`tarilishiga sabab sifatida ko`rsatilmoqda. Qurilish ishlari Germaniyaning shimoliy hududi Shlezvig-Golshteyndan boshlangan. Daniya hukumati chorvadorlikni mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri, deb hisoblaydi. Devor esa qoramollarni chegaradan o`tib ketishining oldini oladi. Biroq ushbu loyiha ekolog olimlarning noroziligiga sabab bo`lmoqda. Ular bu tabiiy muvozanatni buzilishiga olib kelishidan tashvishda.






