Avstraliya bo`ylab anomal issiqlik kuzatilmoqda, deya xabar qilmoqda TASS nashri.
Buning natijasida Tanzaniya shtatida kelib chiqqan o`rmon yong`inlari hamon davom etmoqda. O`t o`chiruvchilar tinimsiz kurashayotganiga qaramay, hozircha alangani bartaraf etish imkoni bo`lmayapti. Olingan so`nggi ma`lumotlarga qaraganda, shtatdan yana 400 dan ortiq aholi evakuvasiya qilingan. Ushbu jarayonga esa veterenariya xodimlari ham jalb qilindi. Chunki aksariyat odamlar uy hayvonlarini o`zlari bilan olib ketishni istashgan. Janubda ham vaziyat anchagina jiddiy. Bu hududlarda qurg`oqchilik tufayli baliqlar va boshqa suv jonzotlari hayoti xavf ostida qolmoqda.






