Kanadada dunyodagi eng katta bug`u haykali barpo etildi, deb xabar qildi Layf.ru nashri.
Qish mavsumi ramzi sifatida yaratilgan bug`u haykali mamlakatning tog`li hududiga yaqin Muz Jou shahrida qad rostlagan. Uning balandligi 20 metr bo`lib, ayni vaqtda haykal fonida suratga tushish uchun mahalliy aholi hamda sayyohlar kelishmoqda.
Bundan sal avval esa Norvegiyada ham xuddi shunday haykal yasalgan edi. Hozirda har ikkala mamlakat ham eng ulkan bug`u nomiga da`vogarlik qilmoqda. Bu borada dunyo rekordi qaysi davlatga tegishli ekani esa hozircha noma`lum.