AsosiyJamiyat

Abdusalom Azizov AQShning CENTCOM qo`mondonligi bilan uchrashdi

'Abdusalom Azizov AQShning CENTCOM qo`mondonligi bilan uchrashdi'ning rasmi

Oldin xabar berilganidek, 26 yanvar kuni O`zbekiston mudofaa vaziri, general-leytenant Abdusalom Azizov boshchiligidagi harbiy delegasiya AQShga rasmiy tashrif bilan jo`nab ketgan edi.

Bundan ko`zlangan maqsad mamlakatimiz maxsus bo`linma harbiy xizmatchilari ishtirokida AQShning Kemp-Shelbi harbiy bazasi (Missisipi shtati)da o`tkazilgan “Janubiy zarba” hamkorlikdagi mashg`ulotlarni kuzatish hamda CENTCOM qo`mondonligi bilan ikki tomonlama harbiy hamkorlik masalalarini muhokama qilishdan iborat. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida 29-30 yanvar kunlari Abdusalom Azizov AQSh Markaziy qo`mondonligi rahbariyati bilan Florida shtatidagi Tampa shahrida uchrashdi. Suhbat davomida ikki mamlakat Markaziy Osiyo va dunyoda tinchlik hamda xavfsizlikni ta`minlash, harbiy kadrlarni tayyorlash, hamkorlikdagi mashg`ulot va treninglarni o`tkazish, shuningdek istiqboldagi harbiy hamkorlikning boshqa dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.

O`zbekiston harbiy delegasiyasi CENTCOM qo`mondonligiga tashrifi chog`ida Strategik tahlil hamkorlikdagi guruh hamda Koalisiyaviy muvofiqlashtiruv markazining funksiyalari bilan tanishdi.

O`zbekiston harbiy delegasiyasi AQShga rasmiy tashrifini yakunladi.

    Boshqa yangiliklar