Rishton tumanida tuman hokimligi zaxirasidan fermer xo`jaligi tashkil etishi uchun er ajratish to`g`risida tuman hokimi qarorini chiqartirib berish evaziga 4000 dollar olayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatining telegram-kanali xabar qildi.
Xabarda keltirilishicha, Departamentning Rishton tuman bo`limi va DXX Farg`ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Rishton tumani “Fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi” direktori I.K. fuqaro N.K.ga tuman hokimligi zaxirasidan fermer xo`jaligi tashkil etishi uchun 6 gektar er ajratish to`g`risida tuman hokimi qarorini chiqartirib berish evaziga 4000 dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyatchiga nisbatan O`zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






