AsosiyJamiyat

Toshkentda 13 yashar qiz o`zining "o`g`irlanishi"ni uyushtirdi

'Toshkentda 13 yashar qiz o`zining "o`g`irlanishi"ni uyushtirdi'ning rasmi

Shu yilning 29 yanvar kuni, 13 yashar Oyqiz B.ning 39 yoshli otasi Mirobod tuman ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib, uning qizi maktabdan keyin qaytib kelmaganini aytadi.

Soat 15:00 da qizning onasi mobil telefoniga SMS-xabar keladi: «Agar qizingizni ko`rishni istasangiz, men aytgan summani keltiring yoki uni boshqa ko`rmaysiz».

Tezkor-qidiruv tadbiri natijasida IIBB xodimlari qizning qaerda ekanini aniqlashdi. Oyqiz Chilonzor metrosi hududidan topildi.

Aniqlanishicha, Oyqizni hech kim o`g`irlamagan: qizning o`zi «o`zining o`g`irlanishini rejalashtirgan va amalga oshirgan».

Qizning so`zlariga ko`ra, u shu tariqa ota-onasi e`tiborini jalb qilmoqchi bo`lgan. U bunday e`tibor o`ziga juda kam qaratilayotganini aytgan. Olingan pulni esa muhtojlarga berishni rejalashtirganini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar