AsosiyJamiyat

Bekoboddagi yongan binodan 62 yoshli kishining jasadi topildi

'Bekoboddagi yongan binodan 62 yoshli kishining jasadi topildi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 30 yanvar kuni O`zbekiston MFY Chaman ko`chasida joylashgan tuman hokimligi balansidagi hozirgi kunda foydalanilmayotgan binoda yong`in sodir bo`lgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan.

Oqibatda binoning 50 kv.m maydoni yonib zarar ko`rgan hamda yong`in o`chirish vaqtida 62 yoshli R.B.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Yong`in kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar