AsosiyJamiyat

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "Siyosatshunoslik" kafedrasi tuzildi

'Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "Siyosatshunoslik" kafedrasi tuzildi'ning rasmi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida siyosatshunoslik yo`nalishi bo`yicha 2019/2020 o`quv yili uchun qabul kvotalari belgilandi.

Siyosiy fanlar sohasida kadrlarni tayyorlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.

Qaror bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida siyosatshunoslik yo`nalishi bo`yicha 2019/2020 o`quv yili uchun qabul kvotalari quyidagicha belgilandi:

• “Siyosatshunoslik” bakalavriat yo`nalishi bo`yicha 20 ta (5 ta grant);

• “Amaliy siyosatshunoslik” magistratura yo`nalishi bo`yicha 10 ta (2 ta grant);

• “Siyosiy fanlar” tayanch doktorantura yo`nalishi uchun 4 ta, doktoranturada 2 ta.

Qarorga muvofiq, universitetda “Siyosatshunoslik” kafedrasi tuzildi.

Kafedra faoliyatining asosiy yo`nalishi siyosatshunoslik fanlari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar