AsosiyDunyo

AQShda o`ta sovuq havo hukm surmoqda

'AQShda o`ta sovuq havo hukm surmoqda 'ning rasmi

AQSh bo`ylab kuchli qor bo`ronlari va o`ta sovuq havo harorati hukm surmoqda, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.

Mamlakatning bir qator shtatlari ayni kunlarda qalin qor ostida qolmoqda. Bu holat ayni vaqtda 55 million amerikaliklarga o`z salbiy ta`sirini ko`rsatmoqda. Hozirda Missisipi, Alabama, Ayova kabi shtatlarda favqulodda holat joriy etildi. Odamlardan iloji boricha uydan chiqmaslik so`ralgan. Ayrim manbalar esa sovuq harorat tufayli 5 kishi halok bo`lgani to`g`risidagi xabar tarqatmoqda. Ayniqsa Qo`shma shtatlarning shimoliy qismida harorat tobora pasayib bormoqda. Soha mutaxassislari hafta so`ngiga qadar ko`rsatgich -53 darajagacha tushib ketish haqida ogohlantirishgan.

    Boshqa yangiliklar