Ayni kunlarada Xitoy bo`ylab oy taqvimi bo`yicha kutib olinadigan Yangi yilga tayyorgarlik ko`rilmoqda, deb xabar bermoqda NTV.ru nashri.
Mamlakatning eng yirik shaharlarida ko`chalarni bezatish ishlari boshlab yuborilgan. Buning uchun bir qancha tashkilotlar jalb qilingan bo`lib, bezatish ishlarida asosiy urg`u yorqin chiroqlarga qaratilmoqda. Tashkilotchilarning so`zlariga ko`ra, bu yil bayram tadbirlari so`nggi 22 yil ichidagi eng zo`r shou bo`lishi kutilmoqda. Xitoyga aynan Yangi yil tadbirlarida ishtirok etish uchun butun dunyodan minglab sayyohlar keladi.






