Tailand poytaxti Bangkokni qalin tutun qoplagani tufayli hukumat 400 dan ortiq maktablarni yopishga majbur bo`lmoqda, deb xabar berdi RenTV.ru nashri.
Shaharning 41 ta tumanida havoning yuqori zaharlanish darajasi saqlanib turibdi. Havo sifati indeksi 175 ga teng. Bu esa nafas yo`lida muammosi bor odamlar va bolalar salomatligi uchun xavfli holat ekanini anglatadi. Shuning uchun hukumat ota-onalardan bolalarni iloji boricha tashqariga chiqarmaslikni so`ramoqda. Vaziyatni bartaraf etish uchun shahar ma`muriyati suvdan ko`proq foydalanishga, ya`ni shaharga ko`p miqdorda suv sepishga harakat qilmoqda.






