Ukrainalik shoumen va aktyor Vladimir Zelenskiy prezident lavozimiga da`vogarlar ro`yxatida etakchilik qilmoqda, deb xabar qildi Layf.ru nashri.
Saylovga 2 oy qolgan bo`lib, mamlakatda saylovoldi jarayoni ana shunday kutilmagan holatlarga boy tarzda kechmoqda.
Reytingning 2-o`rnini sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko egallab turibdi, unga 18,2 foiz respondentlar ovoz berishga tayyor. Amaldagi prezident Pyotr Poroshenkoni 15,1 foiz ishtirokchi qo`llab-quvvatlagan. Tadqiqotga ko`ra, 41 yoshli Zelenskiy tarafdorlari asosan mamlakat janubi-sharqida. Kievda esa Poroshenkoni qo`llab-quvvatlovchilar ko`p. Timoshenkoga mamlakatnining shimoliy qismidagi aholi ovoz berishga tayyor ekanligi ma`lum bo`ldi.






