AsosiyJamiyat

Tuxumdan tashqari barcha asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari o`sdi

'Tuxumdan tashqari barcha asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari o`sdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi 2019 yilning yanvar oyida O`zbekiston Respublikasi iste`mol sektoridagi inflyasiya darajasini e`lon qildi.

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan narxlarining o`sishi borasidagi etakchilik meva-sabzavot mahsulotlari hissasiga to`g`ri keladi. Bu esa narxlarning oy davomida o`rtacha 8,3 foizga qimmatlashganini ko`rsatadi.

Narxlarining ko`tarilishidagi keyingi etakchi o`rinni esa spirtli ichimliklar mahsulotlari (3,7 foiz) egallagan.

Ma`lumot uchun: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo`ljallari to`g`risida»gi PQ-4086-son qaroriga asosan, mamlakatda ishlab chiqariluvchi spirtli ichimliklarga nisbatan aksiz soliq stavkalari oshirildi:

• tabiiy vino – 1 dal uchun 6 994 so`mdan 7 700 so`mgacha;

• konyak – 1 dal uchun 73 997 so`mdan 92 500 so`mgacha;

• pivo – 1 dal uchun 7 699 so`mdan 9 200 so`mgacha;

• aroq va boshqa spirtli ichimliklar – 1 dal uchun 67 571 so`mdan 84 500 so`mgacha.

Quyida alohida guruhlar bo`yicha oziq-ovqat mahsulotlarining iste`mol narxlari indeksi taqdim etilgan:

Snimok.JPG

Biroq, har bir tovarlar guruhining salmoq vaznlarini inobatga olgan holda umumiy INI ko`rsatkichiga ta`sir darajasi bo`yicha etakchi uchlikni meva va sabzavotlar (ta`siri 0,7 f.d.), non mahsulotlari (0,2 f.d.) hamda sut mahsulotlari (0,1 f.d.) egallagan.

2018 yilning yanvar oyiga nisbatan tuxumdan tashqari deyarli barcha asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari guruhlarida narxlar o`sishi qayd etilgan.

2019 yil yanvar oyida ham asosiy turdagi non mahsulotlari narxlari qimmatlashishda davom etdi:

• un, non va non mahsulotlari, guruch, yorma va dukkakli mahsulotlar narxlari oy davomida 0,2 % dan 3,7 % oralig`ida qimmatlashdi.

Ma`lumot uchun: guruch narxlari yanvar oyida sezilarli darajada Farg`ona viloyati (4,7 %) va Qoraqalpog`iston Respublikasida (4,5 %), minimal darajada esa Namangan viloyatida (1,1 %) oshgan.

Oy davomida bug`doy uni narxlari Qoraqalpog`iston Respublikasi (6,9 %) va Surxondaryo viloyatida (5,5 %) sezilarli darajada qimmatlashganligi kuzatilgan bo`lsa, minimal sur`atda oshganligi esa Xorazm viloyatida qayd etilgan (0,6 %). Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand va Farg`ona viloyatlaridagi narxlar oy davomida o`zgarishsiz qolgan.

Oliy navli bug`doy unidan non narxlari uch hududda oshgan: bular, Qoraqalpog`iston Respublikasi (13,3 %), Surxondaryo viloyati (9,6 %) va Toshkent shahrida (13,1 %). 1-navli bug`doy unidan non narxlari Qoraqalpog`iston Respublikasida (1,2 %), Surxondaryo (6,6 %) va Farg`ona (5,0 %) viloyatlarida qimmatlashgan.

    Boshqa yangiliklar