AsosiyJamiyat

Buxoroda yangi bino qurilish ishlari to`g`ri tashkillashtirilmaganligi tufayli piyodalar yo`lagi loyga belandi

Buxoro shahrining beshinchi kichik nohiyasidagi Abdurahmon Jomiy ko`chasi bo`ylab joylashgan uylar aholisi hafta bsohida yog`gan kuchli yomg`irlardan keyin piyodalar yo`lagida o`tish uchun quruq joy topolmay qiynalmoqda, deb xabar berdi «Vostochniy ekspress».

Xabarda aytilishicha, bu hududdagi yo`lakdan o`tib olish uchun piyodalar «haqiqiy akrobatik tryuklardan foydalanishiga» to`g`ri kelmoqda. O`tish paytida avtomobil kelishi piyodalarni yanada noqulay va murakkab ahvolga solayotgani aytilgan.

Foto: vx.uz

Foto: vx.uz

Foto: vx.uz

Ayrim uylarda yashovchilar esa butunlay boshi berk halqaga tushib qolgan: uy hovlisiga kirib-chiqish uchun yagona yo`l yangi bino qurilishi olib borilayotgani tufayli loyga belangan. «Vostochniy ekspress»ning ma`lum qilishicha, bu erdagi qurilish ishlari Vazirlar Mahkamasining qurilishni tashkillashtirish qoidalari to`g`risidagi tegishli qaroriga muvofiq tashkil qilinmagan.

    Boshqa yangiliklar