AsosiyJamiyat

Ayollarni Turkiyaga fohishlikka yuborayotgan guruh qo`lga olindi

'Ayollarni Turkiyaga fohishlikka yuborayotgan guruh qo`lga olindi'ning rasmi

Shu yilning 30 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tezkor xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbirda, Toshkent shahridagi I.Karimov nomidagi xalqaro aeroport orqali Turkiyaning Istambul shahriga 2 nafar ayollarni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun yuborayotgan jinoiy guruhning ikki a`zosi qo`lga olindi.

Bu haqda, O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Jinoiy guruh a`zolari Istambul shahrida qo`shmachilik bilan shug`ullanuvchi o`zbekistonlik ayol bilan oldindan til biriktirib, uning ko`magida aviachiptalar sotib oladilar.

Ular Istambulga yuborilayotgan ayollarga avvaliga 1500 AQSh dollari ishlab berish sharti bilan kelishadilar. Daliliy ashyolar bilan qo`lga olingan 1983 yilda tug`ilgan Q.A. va 1985 yilda tug`ilgan U.M.(ayol)ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.


    Boshqa yangiliklar