Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali endi mehnat faoliyatini tasdiqlash to`g`risidagi va ish haqi miqdorini tasdiqlash to`g`risidagi arxiv ma`lumotnomalarini olish mumkin. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Jismoniy shaxslarga xizmatlar bepul taqdim etiladi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O`zarxiv» agentligi ularning bajarilishini ta`minlaydi.
Servis Vazirlar Mahkamasining 5.04.2012 yildagi «O`zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to`g`risida»gi 101-son qarorini bajarish maqsadida joriy etildi.
Xizmatlardan foydalanish uchun Yagona identifikasiya tizimi (OneID) orqali YaIDXPda avtorizasiyadan o`tish zarur.
Ko`rsatilgan hujjatlar, xususan, pensiya tayinlash chog`ida talab etiladi.






