AsosiyJamiyat

Xorazmda bedarak yo`qolgan yigit oradan bir oy o`tib o`lik holda topildi

'Xorazmda bedarak yo`qolgan yigit oradan bir oy o`tib o`lik holda topildi'ning rasmi

Gurlan tumanida yashagan, 1997 yilda tug`ilgan Boboxonov Murodali 2018 yil 31 dekabr kuni tungi paytda o`rtog`ining uyidan noma`lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo`qolgan. Bu haqda Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.

2019 yilning 31 yanvar kuni Murodali Boboxonovning jasadi o`zi yashagan mahalladagi fermer xo`jaligining shudgor qilinib, sug`orib qo`yilgan dala maydonidan topilgan.

M.Boboxonovning tanasida tan jarohatlari aniqlanmadi. Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko`ra, u “organizmning past haroratda sovuq qotishi” natijasida vafot etganligi ma`lum bo`ldi.

Holat yuzasidan tekshiruv ishlari prokuratura organlari tomonidan olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar