AsosiyJamiyat

Bir guruh harbiy sportchilarga faxriy unvonlar topshirildi

'Bir guruh harbiy sportchilarga faxriy unvonlar topshirildi'ning rasmi

Kecha, 2 fevral kuni Qurolli Kuchlar davlat muzeyida mudofaa vaziri o`rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligida Mudofaa vazirligi Sport klubining 2018 yildagi faoliyati tahlili, muammoli yo`nalishlar hamda ularning echimi, 2019 yildagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma`lum qildi.

O`tgan yil armiya sportchilari tomonidan 1128 medal, ulardan 271 tasi xalqaro musobaqalarda, 857 tasi respublika bahslarida qo`lga kiritilgan. Bu 2017 yilga nisbatan salkam ikki barobar ko`p demakdir.

Yig`ilishda ayni paytda sportning 19 turi bo`yicha mashg`ulotlar olib borilayotgan Sport klubi faoliyatini yanada takomillashtirish, sportchilar yutuqlari salmog`ini oshirish borasidagi mavjud muammolar ham tilga olingan.

«Joriy yildagi ustuvor vazifalar sifatida 2020 yilda Yaponiyaning Tokio shahrida o`tkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya o`yinlariga yo`llanmalarni qo`lga kiritish, Xitoyning Uxan shahri mezbonlik qiladigan (CISM yo`nalishi bo`yicha) VII umumjahon harbiy o`yinlari, shuningdek, O`zbekistonda ilk bor o`tkaziladigan Armiya xalqaro o`yinlarining ayrim turlariga («Harbiy-tibbiy estafeta») puxta tayyorgarlik ko`rish ekanligi ta`kidlandi», — deyiladi xabarda.

Tadbir so`ngida, bir guruh sportchi va murabbiylarga O`zbekiston mudofaa vazirining III darajali «Namunali xizmati uchun» ko`krak nishoni, Milliy olimpiya qo`mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining faxriy unvonlari topshirildi.

bir guruh sportchi va murabbiylarga O`zbekiston mudofaa vazirining III darajali «Namunali xizmati uchun» ko`krak nishoni, Milliy olimpiya qo`mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining faxriy unvonlari topshirildi.

    Boshqa yangiliklar