AQShning Nyu-York shahrida vazni 552 karat bo`lgan olmos namoyishga qo`yildi, deb xabar qilmoqda Report nashri.
Phillips kimoshdi savdo uyiga yig`ilganlar hajmi tovuq tuxumidek keladigan qimmatbaho toshni ko`rish imkoniga ega bo`lishdi. U Shimoliy Amerika hududidan hozirgacha topilgan eng yirik olmos sanaladi. Qimmatbaho toshning rangi sariq bo`lib, u tabiiy holatda saqlangan. Uni AQSh, Isroil, Belgiya va boshqa mamlakatlardan kelgan mutaxassislar tekshirib, so`ng uning qiymatini aniqlab berishadi.






