AsosiyJamiyat

O`zbekistonda maktab o`qituvchilaridan qanday hujjatlarni yuritib borish talab etiladi?

'O`zbekistonda maktab o`qituvchilaridan qanday hujjatlarni yuritib borish talab etiladi?'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati ma`lumotiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 27 iyuldagi «Umumiy o`rta ta`lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo`yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to`g`risidagi yo`riqnomani tasdiqlash haqida»gi qo`shma qarori qabul qilingan.

Unga ko`ra:

– Umumiy o`rta ta`lim maktabi o`qituvchilarining dars va to`garak mashg`ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo`yicha hisobotlar va qo`shimcha ma`lumotlarni talab qilish qat`iyan taqiqlanadi.

Umumiy o`rta ta`lim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:

– Sinf jurnali;

– Yillik taqvim-mavzuiy reja;

– Kundalik dars ishlanmalari (konspekt) daftari.

– Yillik taqvim-mavzuiy reja hamda kundalik dars ishlanmalari (konspekt)ni elektron shaklda yuritilishiga ham yo`l qo`yiladi.

O`qituvchilar bundan tashqari hech qanday ortiqcha hujjat yuritishga majbur emas.

    Boshqa yangiliklar